← sozlar.com
Sinf o‘yinlari

Ikki jamoa, bitta ekran

Katta panelda ikki jamoa bir vaqtda poyga qiladi. Har o‘yinda jamoa nomi, taymer va oxirida natija bo‘ladi. Sensorli panelda barmoq bilan, oddiy ekranda klaviatura bilan o‘ynaladi.

So‘z boyligi

So‘z poygasi

Darsdagi so‘zlar bo‘yicha poyga. Ikki rejim: ma‘no poygasi (so‘z eshitiladi, ma‘nosi tanlanadi) va bo‘shliq (gapdagi tushib qolgan so‘z topiladi). Oxirida har jamoaning xato qilgan so‘zlari ro‘yxati chiqadi.

3440 so‘z 90 ta to‘plam talaffuz audiosi
O‘ynash →
Grammatika

Gap ko‘prigi

Kartani sudrab moslashtirish poygasi. Uch mavzu: gap turlari (qo‘shma, murakkab), zamonlar (struktura yoki vaqt ifodasiga qarab) va bog‘lovchilar (inglizcha → o‘zbekcha). Ism kartasi va sozlanadigan vaqt bilan.

A2 – B1 12 bosqich sudrab o‘ynash
O‘ynash →
Rasm va so‘z

Rasmli poyga

Tepada bitta rasm — ikkala jamoaga bir xil. Jamoalar rasmdagi narsani to‘rt variantdan topadi: inglizcha yoki o‘zbekcha javob rejimi. Javob ikkalasi tanlagach ochiladi, keyin so‘z ovoz bilan aytiladi.

258 rasm 18 mavzu erkin litsenziya
O‘ynash →